Hududlardan_xabarlar

Joriy yilning 27-fevral kuni Andijon viloyati agroxizmatlar markazi, Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Qishloq xo'jaligi boshqarmasi hamkorligida "G'alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida, ilmga asoslangan holda amalga oshirish" bo'yicha keng qamrovli ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda barcha tumanlardan g'allachilikka ixtisoslashgan f/x lari rahbarlari ishtirok etdi. Seminar davomida "ARTIFEX AGROCHEM" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, ekinlar ildiz tizimini kuchaytiruvchi hamda tuproq va suvning pH darajasini mo'tadillashtiruvchi "Radifex", zararkunandalarga qarshi "Aerofex" va "Maars" kabi mahsulotlar taqdimoti ham bo'lib o'tdi.
Seminarlar yakunida qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan ilmiy asoslangan javoblar berildi.
AKIS UZBEKISTAN