Hududlardan_xabarlar

#AKIS
Namangan viloyati Turaqo'rg'on tumanidagi yer osti suvlari yuzasiga yaqin bo’lgan hududlar Agroxizmatlar markazi mutaxasislari tomonidan tekshiruvdan o’tkazildi.
Tekshiruv Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “Tri-meter” asbobi yordamida o’tkazildi. Uning yordamida tuproqning kislotalik va ishqorlik muhiti o’rganildi.
Fermerlarga ekin yerlarining kislotalik va ishqorlik muhitidan kelib chiqib, qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda foydalanish zarur bo’lgan mineral o’g’itlar bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiya va takliflar berildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube