Hurmatli agrar soha olimlari, mutaxassislar, fermer va dehqonlar!

Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman. Bu ulug‘ bayram yurtimizga mehr-oqibat, saxovat, birdamlik va ezgulik ruhini olib kiradi. Ayniqsa, yer bilan tillashib, xalq rizqi yo‘lida mehnat qilayotgan siz kabi fidoyi insonlarning zahmati har qanday e’tirofga munosib.
Bugun mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy yondashuvlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘lda olimlarimiz, tadqiqotchilarimiz, agronom va mutaxassislarimiz, fermer va tomorqachilarimizning hamjihatligi eng katta kuchdir. Sizlarning mehnatingiz bilan dasturxonlarimiz to‘kin, qishloqlarimiz obod, yurtimiz taraqqiy etmoqda.
Qurbon hayiti munosabati bilan har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, baraka va fayz tilayman. Ilmiy izlanishlaringiz, mehnatingiz va ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin. Yurtimiz osmoni musaffo, xalqimiz dasturxoni to‘kin bo‘lsin! Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Shodmon Namozov
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube