Ijroni ta’minlashda shaxsiy mas’uliyat – bosh mezon

Ijro intizomi har qanday tashkilot faoliyatining samaradorligi va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydigan muhim omildir. Markaz rahbari raisligida o'tgan bugungi yig'ilish ham ijro intizomi masalasiga bag'ishlandi. Topshiriqlar ijrosi, Milliy markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda tarkibiy bo‘linmalar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati atroflicha tahlil qilindi.
Ijrosi kechikayotgan har bir topshiriq tanqidiy muhokama qilinib, kechikish sabablari va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi.
Kun tartibidan o'rin olgan masalalar ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 269-sonli qarori ijrosi doirasida virus va bakteriyalardan holi, yuqori avlodli kartoshka minituganaklarini tayyorlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy faoliyatini takomillashtirish, Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markaziga 10 dona agrodron xarid qilish masalasini ohiriga yetkazish borasidagi topshiriqlar ijrosini sifatli bajarish bo'yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida Milliy markaz rahbari ijro intizomini ta'minlashda Markazdagi rahbar xodimlar va barcha darajadagi mas'ullarga shaxsiy mas'uliyat-bosh mezon ekanligi, tizimdagi ilmiy muassasalar va tashkilotlar rahbarlari bilan tizimli ish olib borish zarurligini qat'iy ta'kidladi. Zero, qo'lga kiritilgan natija har bir mas’ulning o'ziga berilgan vazifaning so'zsiz, tezkor va sifatli bajarishida aks etadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube