Ilk marta O’zbekistonda UNESCO Bosh konferensiyasi bo’lib o’tmoqda

Samarqand shahrida o’tkazilayotgan UNESCOning 43-Bosh konferensiyasi doirasidagi tadbirlarni yoritishda yuzlab xorijiy va mahalliy OAV vakillari ishtirok etishmoqda.
Nufuzli anjuman munosabati bilan tashkil etilgan Matbuot markazida media vakillari tezkor va sifatli axborot tayyorlashi, intervyu olib efirga uzatishi hamda samarali ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
http://t.me/Rasmiy_axborot_official