Ilm, amaliyot va hosildorlik sari yangi qadam

Qishloq xo‘jaligida kadrlar salohiyatini yuksaltirish va tarmoq boshqaruvini zamonaviy agrotexnologiyalar asosida tashkil etish maqsadida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining navbatdagi — 5-guruhi uchun o‘quv jarayonlari boshlandi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan tashkil etilgan bugungi o‘quv mashg‘ulotlari “Asosiy ekinlar dehqonchiligi va agrotexnologiyalarni rivojlantirish” mavzusida olib borildi.
Dastur doirasida zamonaviy agrotexnologiyalar: Asosiy ekinlar (g‘alla, paxta, moyli va dukkakli ekinlar) yetishtirishning innovatsion usullari, yer resurslaridan samarali foydalanish va o‘g‘itlash tizimini ilmiy asosda tashkil etish, suvni tejovchi texnologiyalarni ekinlar parvarishida qo‘llash, ekinlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning zamonaviy usullari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
O‘quv dasturi davomida vazirlik mutaxassislari va soha olimlari ishtirokida ochiq muloqotlar, seminar-treninglar hamda dala sharoitida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilishi reja qilingan. Bu esa tinglovchilarga sohadagi muammolarga ilmiy-amaliy yechimlar topish imkonini beradi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube