Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilm-fan, ma’rifat va yuksak tafakkur — jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir

Ilm-fan, ma’rifat va yuksak tafakkur — jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimini oshirishga qaratilgan navbatdagi "Ma’rifat soati" doirasida taniqli jamoat arbobi, senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning "Millat shavkati" kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi Zafar Kulmatov tomonidan mazkur asarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi. Taqdimot davomida kitobda yoritilgan O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, xalq bilan muloqot, inson qadri va farovonligini ta’minlash, milliy o‘zlik hamda tarixiy xotirani tiklash, shuningdek, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi bilan bog‘liq masalalar haqida fikr yuritildi. Xususan, "Bunyodkorlikdan tafakkur o‘zgarishi sari", "Men umrimni shu xalqqa tikkanman!", "Uyg‘onayotgan arslon", "Yangi O‘zbekiston va kasaba uyushmalari: so‘z va amal uyg‘unligi", "Kutib ol, dunyo", "Jimlik chimtini yorib chiqqan nur", "Tarix sinovlaridan o‘tgan haqiqat", "Alamim bor" kabi maqolalar mazmuni yuzasidan muallif qarashlari va taqdimot muallifining xulosalari ishtirokchilarga yetkazildi. Shuningdek, mamlakat taraqqiyotida bunyodkorlik, ilm-fan va ta’lim, inson manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya, milliy qadriyatlar hamda tarixiy merosni asrab-avaylash kabi ustuvor yo‘nalishlarning o‘zaro bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida "Millat shavkati" asari orqali Vatanga sadoqat, xalq manfaatlariga xizmat qilish, mas’uliyat va fidoyilik kabi yuksak qadriyatlarni yanada chuqurroq anglash muhim ekani ta’kidlandi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.