Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilm va amaliyot integratsiyasi

Ilm va amaliyot integratsiyasi
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida g‘alladan 100 sentner hosil olish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi mutaxassis va agronomlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirok etdi. Seminar davomida O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ma’ruzalari bilan qatnashib, o‘z ilmiy-amaliy tajribasi va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. Muhokamalarda yuqori hosildorlikka erishishning asosiy yo‘nalishlari agrotexnik tadbirlarni bosqichma-bosqich rejalashtirish, nav tanlovi va agroiqlim sharoitiga moslashtirish, o‘g‘itlash, sug‘orish va parvarish jarayonlarida samarador yondashuvlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi integratsiyalashgan himoya tamoyillari haqida ilmiy asoslangan ma'lumotlar taqdim etildi. Ushbu seminar ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlab, fermer va agronomlarning amaliy ko‘nikmalarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.