Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmga tayanish — tomorqachilik imkoniyatlarini ham kengaytiradi

Ilmga tayanish — tomorqachilik imkoniyatlarini ham kengaytiradi
Ayni kunlar dehqonchilikda eng mas’uliyatli palla sanaladi. Boisi quyosh taftida tobga kelgan tuproqqa fursatni boy bermasdan urug‘ qadash kerak. Aks holda osmonning avzoyi buzilisa ekin-tikin ishlari cho‘zilishi mumkin. Shu sababdan deqon-u mirishkorlarimiz har daqiqani g‘animat bilib tuproqqa urug‘ ekmoqda. Mahallalarda ham ekish mavsumi qizg‘in tusga kirgan. Chunki bugun yurtdoshlarimiz tomorqani shunchaki ekin ekiladigan yer emas balki, xazinalar kaliti sifatida kashf qilgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Tomorqadan bir yilda 2-3 marta hosil olish esa tomorqadan olinadigan daaromadni yanada oshiradi. To‘g‘ri, bugun yurtdoshlarimizda bu borada yaxshigina tajriba to‘plangan. Tajribani ilm bilan uyg‘unlashtirish esa imkoniyatlarni yanada oshiradi. Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ham ayni maqsadda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida aholi xonadonlarida sabzavot, poliz va kartoshka mahsulotlarni yetishtirish buyicha ilmiy-amaliy o‘quv-seminarida ishtirok etdi. Semenarda yil davomida tomorqadan 2-3 marta hosil yetishtirib, yuqori daromad olish buyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi. Yangiqo‘rg‘on tumani, “Buloqboshi” MFY, Zarchashma ko‘chasidagi 22 ta xonadon egalariga sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining institutda yaratilgan yuqori avlodli urug‘liklari, shundan kartoshkaning 2 ta navi, sabzavotning 10 ta navi hamda 10 xil ekin (osh lavlagi, piyoz, ukrop, kashnich, rediska, pomidor, shirin qalampir, baqlajon) turlari urug‘lari beg‘araz tarqatildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.