Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy faoliyat bilan tanishuv

Ilmiy faoliyat bilan tanishuv
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasilar milliy markazi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, ijrochi - direktor Sh.Teshayev bugun kunning ikkinchi yarmida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari bilan ham yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Sh.Teshayev institutda faoliyat yuritayotgan laboratoriya mudirlari, yosh olimlar bilan suhbatlashib, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan navlar urug‘chiligini yanada rivojlantirish, mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalariga e’tiborni kuchaytirish, ishlab chiqarish bilan doimo integratsiyada bo‘lish xususida samimiy fikrlashdi. Sh.Teshayev Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari genbanki, Biotexnologiya laboratoriyalari faoliyati bilan ham tanishdi. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.