Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

ilmiy faoliyat bilan tanishuv

ilmiy faoliyat bilan tanishuv
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori birinchi o‘rinbosari - ijrochi direktor Shuhrat Teshayev Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari bilan qiziqdi. Ayni maqsadda ilmiy muassasaning dala tajriba uchastkasidagi tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi. Institut olimlari tajriba uchastkasida iqlimga moslashtirilayotgan kratalyariya o‘simligining qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati haqida ma’lumot berishdi. Tanishuv jarayonida Sh. Teshayev tadqiqotchilarga ushbu noyob o‘simlik ustida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni takomillashtirish haqida maslahat va ko‘rsatmalar berdi. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.