Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi

Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidan qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan qator masalalar o‘rin oldi. Dastlab, dissertatsiya natijalarining amaliyotga tatbiq etilganligini tasdiqlash bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar tegishli bo‘limlar tomonidan o‘rganilgan natijalar asosida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalarning ilmiy kengashlari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi muhokama qilindi. Bundan tashqari, “Global iqlim o‘zgarish sharoitida yangi turdagi mikrobiologik preparatlar qo‘llash va ishlatishning ilmiy asoslari” mavzusidagi akademiklik amaliy loyihaning yakuniy hisobotini qabul qilish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan “G‘allachilikda yuqori va sifatli hosildorlik sari har bir fermer bajarishi shart bo‘lgan 8 ta qonun”, “Chorvachilikda bajarilishi zarur bo‘lgan 8 ta tadbir” hamda “Yangi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi — yangi zamon odimlari” kabi o‘quv qo‘llanmalarni amaliyotda qo‘llashga tavsiya etish masalasi ham kun tartibidan joy oldi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.