Ilmiy izlanishlar munosib sharoit yaratilganda samara beradi

Ilm-fan barcha yerda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligining eng asosiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Dunyoda rivoj topgan davlat borki, bilimga suyanadi. Sinash va tajriba o‘tkazishdan charchash yo‘q. Bizda ham mana shu tamoyil ustuvorbo‘lmog‘i darkor.
Jumladan, bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida u yerga tashrif buyurgani ham bejiz emas.
Vazir institut faoliyati bilan tanishar ekan, dastlab bugungi kunda qanday ishlar amalga oshirilayotgani, tadqiqotlar ko‘lami qay darajada ekaniga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, muassasaning ilmiy tajriba stansiyasida hali ham paxta ekilmaganligi, obodonlashtirish ishlari o‘lda-jo‘lda ekani, institutning ilmiy salohiyatini kuchaytirish va kamchiliklarni bartaraf etish eng muhim vazifalardan biri ekani qayd etib, buning uchun ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash lozimligiga to‘xtalib o‘tdi.
O‘z navbatida, ma’nan eskirgan, avvallari yaratilgan texnikalarni zamon talabiga javob beradigan, raqobatbardosh texnikalar bilan o‘zgartirish, bunda barcha ishlanma va yosh olimlarning izlanishlariga keng o‘rin berilishi ta’kidlandi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram