Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy izlanishlar – qishloq xo‘jaligidagi islohotlar yuragi, ammo tizimda uyg‘onish zarur!

Ilmiy izlanishlar – qishloq xo‘jaligidagi islohotlar yuragi, ammo tizimda uyg‘onish zarur!
So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham izchil va tezkor rivojlanish kuzatilmoqda. Bu, albatta, sohaga ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning chuqur singib borayotgani bilan izohlanadi. Biroq shuni unutmaslik lozimki, tizimda hanuzgacha yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar mavjud. Ularni aniqlash va bartaraf etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Ayni maqsadda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shodmon Namozov boshchiligidagi ishchi guruh kecha Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini o'rgandi. Mazkur institutda e’tiborga molik yutuqlar talaygina: resurs tejamkor, mahalliy iqlimga mos sholi navlari yaratilmoqda, xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda. Biroq yutuqlar soyasida qolayotgan muammolar ham borligi inkor etilmaydi. Ishchi guruhning o‘rganishlari natijasida quyidagi masalalar tanqidiy baholandi: Laboratoriyalar: Xalqaro moliyaviy institutlar hisobidan jihozlangan zamonaviy laboratoriyalar mavjud bo‘lsa-da, ulardan to‘liq va samarali foydalanilmayapti. Ularni boshqara oladigan yuqori malakali ilmiy kadrlar yetishmayapti. Bu borada salohiyatli mutaxassislar tayyorlash zarur. Kutubxona faoliyati: Institut kutubxonasi mavjud bo‘lsa-da, undan foydalanish darajasi juda past. Ilmiy izlanishlarda nazariy asoslarning ahamiyati inobatga olinsa, bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilishi lozim. Bino infratuzilmasi: Ilmiy muassasaning ma’muriy binosi ta’mirtalab. Yaratilgan sharoitlar ijodiy va ilmiy muhitga to‘liq mos emas. Obodonlashtirish: Institut hududi obodonlashtirishga muhtoj. Tashqi muhitning holati ijodiy samaradorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mahsulot saqlash: Omborlarda mahsulotlarni to‘g‘ri va me’yoriy sharoitda saqlash yuzasidan kamchiliklar mavjud. Tajriba maydonlari: O‘tkazilayotgan tadqiqotlarda ilmiy yondashuv va aniq hisob-kitob bo'lishi zarur. Mazkur holatlar yuzasidan ishchi guruh tomonidan institut rahbariyatiga qisqa muddat ichida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish topshirig‘i berildi. Aks holda, tegishli jiddiy chora-tadbirlar ko‘rilishi qat’iy ta’kidlandi. Albatta, bu faqat bir institutdagi holat. Biroq bu – tizimdagi barcha ilmiy muassasalar rahbarlari uchun jiddiy ogohlantiruvchi signal bo‘lishi kerak. Zero, ilm-fan sohasida uyg‘onish vaqti keldi. Har bir rahbar, har bir olim o‘zini bu jarayonning faol ishtirokchisi deb bilmog‘i lozim. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.