Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy loyihalar dalada amaliyotga tatbiq etilmoqda

Ilmiy loyihalar dalada amaliyotga tatbiq etilmoqda
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Turli agroekologik sharoitlar (sug‘oriladigan va lalmi yerlar) uchun boshoqli, dukkakli va noan’anaviy yem-xashak ekinlarining yangi navlarini yaratish hamda yetishtirishning innovatsion agrotexnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida dala seminari o‘tkazildi. Tadbirda agrar soha vakillari, Qashqadaryo viloyati AKIS markazi xodimlari, yosh tadqiqotchilar hamda tajribali fermerlar ishtirok etdi. Seminar davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi uchun budjet ko‘magi” loyihasi doirasida olib borilayotgan tajriba va tadqiqot ishlari namoyish etildi. Jumladan, boshoqli, dukkakli va noan’anaviy yem-xashak ekinlarining yangi navlarini yaratish, ularni turli agroekologik sharoitlarda yetishtirish hamda innovatsion agrotexnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilar tajriba maydonlarida yetishtirilayotgan ekinlarning holati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, suv va resurs tejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llash, hosildorlikni oshirish, ekinlarning agroekologik sharoitlarga moslashuvini ta’minlash hamda sifatli yem-xashak bazasini yaratish masalalari yuzasidan fikr va takliflar almashildi. Shuningdek, tadbir davomida institutning “Dukkakli va moyli ekinlar seleksiyasi” laboratoriyasiga qarashli dala tajriba maydonida ICARDA xalqaro ilmiy markazidan keltirilgan mosh namunalarining sinov jarayonlari namoyish etildi. Ishtirokchilarga ushbu namunalarni turli agroekologik sharoitlarda o‘rganish, ularning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorlik ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.