Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy loyihalar g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi

Ilmiy loyihalar g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-tajriba stansiyalari tomonidan qishloq xo‘jaligi soha va tarmoqlaridagi dolzarb muammolarga ilmiy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan tashabbuskor ilmiy loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha sertifikatlarni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov doirasida ilg‘or ilmiy ishlanmalar, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, resurslardan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar saralab olindi. Har bir loyiha amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga tatbiq etish imkoniyatlari asosida baholandi. Sertifikatlar sohiblariga davlat tomonidan ajratilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ularning ilmiy izlanishlarini yanada kengaytirish, zamonaviy yechimlarni amaliyotga joriy etish hamda agrar tarmoq rivojiga munosib hissa qo‘shish imkonini beradi. Ushbu tashabbus qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion rivojlanishni jadallashtirishga xizmat qiladi. Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va innovatsion loyihalarni samarali amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.