Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy muassasalar agroklasterlar va fermer xo‘jaliklariga namuna bo‘la olyaptimi?

Ilmiy muassasalar agroklasterlar va fermer xo‘jaliklariga namuna bo‘la olyaptimi?
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda aynan shu savol kun tartibidagi eng dolzarb masalaga aylandi. Milliy markaz rahbari raisligida o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi341-sonli qarori ijrosi doirasida ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-tajriba stansiyalarining ishlab chiqarish faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Institutlar va ilmiy-tajriba stansiyalari direktorlari hamda ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining hisobotlari eshitilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Muhokamalarda boshoqli don hosildorligi asosiy mezonlardan biri sifatida ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda respublikadagi ilg‘or fermer xo‘jaliklari gektaridan 90–100 sentner va undan ortiq hosil olayotgan bir paytda, ayrim ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ilmiy-tajriba stansiyalarida hosildorlikning 45–50 sentner atrofida qolayotgani keskin tanqid qilindi. Qayd etilganidek, agrar soha rivojiga ilmiy asos yaratishi lozim bo‘lgan ilmiy muassasalar nafaqat ilmiy izlanishlar olib borishi, balki yangi agrotexnologiyalarni amaliyotda namoyish etadigan, agroklasterlar va fermer xo‘jaliklari uchun ilg‘or tajriba maktabiga aylanishi zarur. Ilm-fan ishlab chiqarishdan ortda emas, uning oldida yurishi kerakligi alohida ta’kidlandi. Milliy markaz rahbari ilmiy muassasalar faoliyatiga, eng avvalo, amaliy natija asosida baho berilishi lozimligini qayd etdi. “Bugun fermer xo‘jaliklari 90–100 sentner hosil olayotgan bir paytda, agrar soha rivojiga ilmiy asos yaratishi kerak bo‘lgan ilmiy muassasalarda 45–50 sentner hosildorlik qayd etilayotganini qanday izohlash mumkin? Ilmiy muassasa fermer ortidan emas, uning oldida yurishi, o‘z dalasidagi natijasi bilan ishonch uyg‘otishi va agroklasterlar hamda fermer xo‘jaliklari uchu namuna bo‘lishi kerak.” Hisobotlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar amaldagi natijalar bilan taqqoslanib, ayrim muassasalarda yer maydonlaridan samarali foydalanilmagani, agrotexnik tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilmagani, ishlab chiqarishni tashkil etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani hamda buning hosildorlikka salbiy ta’siri keskin tanqid qilindi. Shu bilan birga, ilmiy muassasalar faoliyatida yashirin iqtisodiyotga, norasmiy hisob-kitoblar va moliyaviy intizom buzilishlariga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik zarurligi alohida ta’kidlandi. Qayd etilganidek, har bir gektar yer, yetishtirilgan har bir kilogramm mahsulot va olingan har bir so‘m daromad to‘liq, shaffof hamda qonuniy hisobga olinishi shartligi ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.