Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy muassasalar “Toza Dala Challenge”da faol ishtirok etmoqda

Ilmiy muassasalar “Toza Dala Challenge”da faol ishtirok etmoqda
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan “Ona Yerni plastik qoldiqlaridan tozalaymiz” shiori ostida amalga oshirilayotgan “Toza Dala Challenge” ekologik tashabbusiga tizimdagi ilmiy muassasalar ham faol qo‘shilmoqda. Xususan, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda tizimdagi ilmiy-tajriba stansiyalarida qishloq xo‘jaligi hududlarining ekologik holatini yaxshilash, yer maydonlarini plastik chiqindilar va polietilen plyonka qoldiqlaridan tozalash, shuningdek, tuproq unumdorligini asrashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Tashabbus doirasida mavjud chiqindilarni yig‘ish va hududlarni tozalash bilan bir qatorda, plastik chiqindilarning dala va yo‘l chetlariga tashlanishining oldini olishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda vazirlik tashabbusi asosida ishlab chiqilgan namunaviy loyiha doirasida institut va tizimdagi ilmiy-tajriba stansiyalarida yo‘l va dala chetlariga maxsus chiqindi yig‘ish moslamalari o‘rnatilmoqda. Mazkur amaliy choralar qishloq xo‘jaligi hududlarida tozalikni ta’minlash, plastik chiqindilarning tuproq va suv resurslariga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.