Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy salohiyat va xalqaro hamkorlik bo‘yicha vazifalar belgilandi

Ilmiy salohiyat va xalqaro hamkorlik bo‘yicha vazifalar belgilandi
Bugun Milliy markaz rahbari raisligida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda institutning ilmiy faoliyati, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy grantlarni jalb etish, mavjud ilmiy va moddiy resurslardan samarali foydalanish hamda ijro intizomi masalalari muhokama qilindi. Xususan, xorijiy hamkorlik doirasida olib kelingan zamonaviy urug‘larni qayta ishlash, uskunalaridan samarali foydalanish, ularni to‘liq ishga tushirish va institutning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Shuningdek, xalqaro loyihalar doirasida xarid qilingan ilmiy va ishlab chiqarish uskunalaridan samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlarni amaliy natijaga aylantirish zarurligi ta’kidlandi. Xorijiy grantlarni jalb etish borasidagi ishlar ham tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Institutning mavjud ilmiy salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, grant loyihalarini ko‘paytirish, xalqaro hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi. Yig‘ilishda ilmiy faoliyat samaradorligiga ham alohida e’tibor qaratildi. Doktorantura bitiruvchilarining ilmiy ishlarini o‘z vaqtida himoya qilishi, yangi va raqobatbardosh navlar yaratish, ilmiy loyihalarni amaliyotga yo‘naltirish hamda hududiy ilmiy-tajriba stansiyalarining ilmiy salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ayrim yo‘nalishlarda ilmiy natijadorlikning yetarli darajada emasligi qayd etilib, ilmiy darajali mutaxassislar tayyorlash, yangi navlar yaratish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Yig‘ilish yakunida institut faoliyatini yanada takomillashtirish, ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va grant mablag‘larini faol jalb etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.