Ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro ilmiy markaz faoliyat boshladi

Bugun Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida "Qishloq xo'jaligini iqlim o'zgarishi oqibatlariga moslashtirish" xalqaro ilmiy markazining ochilishiga bag'ishlangan tantanali anjuman bo'lib o'tdi.
Kotarinki ruhda tashkil etilgan tadbirda Qishloq xo'jaligi vazirining Xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha maslahatchisi N.Qo'shnazarov, Ilm-fan, innovatsiyalar va talimni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i T. Ataqulov, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktor o'rinbosari O.Amanov hamda viloyat hokimligi, agrar soha xodimlari ishtirok etishdi.
Ahamiyatlisi shundaki, endilikda institut negizida o'z ilmiy faoliyatini boshlayotgan mazkur xalqaro ilmiy markaz "ICARDA" hamda BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) bilan o'zaro hamkorlikda tashkil etildi.
Anjumanda so'z olganlar, tashkil etilgan xalqaro ilmiy markaz faoliyatiga samimiy iliq fikr bildirishib, kelgusida ilmiy markaz agrar sohada dolzarb yechimini kutayotgan va masalalar koʻrib chiqildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube