ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI, OLIY O‘QUV YURTLARI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI DIQQATIGA!

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Yevropa Ittifoqining ““Byudjetga ko‘mak” loyihasi doirasida jalb qilingan grant mablag‘lari hisobidan “Qizil kitob”ga kiritilgan dorivor o‘simliklarni asrash, madaniy plantatsiyalarini yaratish bo‘yicha innovatsion startaplar ishlab chiqish, urug‘chilik va ko‘chatlarini yetishtirish” mavzusida loyihalar tanlovi e'lon qilinadi.
Tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan aniq maqsadlar:
“Qizil kitob”ga kiritilgan dorivor o‘simliklarni asrash, madaniy plantatsiyalarini yaratish bo‘yicha mavjud turli xil usullarini tanqidiy tahlil qilish;
innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish yoki mavjudlarini takomillashtirish.
Bunda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar etib quyidagilar ko‘rsatilgan:
yo‘qolib ketish arafasida turgan dorivor o‘simliklarni aniqlash, ularni madaniy yoki maxsus sharoitlarda saqlab qolishning asosiy mavjud texnologiyalarini inventarizatsiya qilish va har birining kamchiliklarini ko‘rsatish;
“Qizil kitob”ga kiritilmagan, yo‘qolib ketish arafasida turgan dorivor o‘simliklarni aniqlash va reestrga kiritish bo‘yicha asoslantirishlar tayyorlash;
texnologiya va dorivor o‘simliklarni saqlab qolish uchun strategiya ishlab chiqish.
Arizalarni qabul qilish muddati – 2023-yil 1-sentyabr.
Qabul muddati tugagach, tanlov tashkiliy qo‘mitasi innovatsion g‘oyalar va jarayonni baholaydi hamda g‘olibni aniqlash uchun Hakamlar hay’atiga hisobot taqdim etadi.
Mukofot – 10 000 ming AQSh dollarigacha.
Mukofotlar quyidagi yo‘nalishlarda beriladi:
Startaplar;
Ilmiy-tadqiqot institutlari;
Yosh va ayol izlanuvchilar.
* Tanlov va tashkilot to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni www.agro.uz veb-sahifasi orqali olish mumkin. Shuningdek, tanlov bo’yicha qandaydir savollar bo’lgan taqdirda info@agro.uz elektron manziliga murojaat qilish mumkin.
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram