Ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi

2023-yil 25-oktyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Istiqbol umidlari” tanlovining ikkinchi kuni o‘tkazildi.
Tanlovning ikkinchi kunidagi saralash bosqichida Vazirlik tizimidagi Ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlardan iborat Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI ning “Yosh paxtakorlar”, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ITIning “Istiqbol umidlari”, O‘simliklar genetik resurslari ITIning “Genofond”, Lalmikor dehqonchilik ITIning “Lalmikor” hamda Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ITIning “Institut yoshlari” jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Jamoalar 3 ta shart: “Taraqqiyot ovozi”, “Blis” savol-javob va “Muammo va yechim” doirasida musobaqalashdi.
Yakunda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ITIning “Istiqbol umidlari” 3-o‘rinni, O‘simliklar genetik resurslari ITIning “Genofond” jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI ning “Yosh paxtakorlar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning 1-2-3-o‘rin sohiblariga maxsus diplomlar topshirilgan bo‘lsa, faol qatnashgan qolgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram