Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy-tadqiqotlarning dastlabki natijalari tahlil qilindi

Ilmiy-tadqiqotlarning dastlabki natijalari tahlil qilindi
Milliy markazda yaqindan joriy qilingan an’anaga ko‘ra, haftaning har seshanba kuni doktorantlar kuni deb e’lon qilingan. Unda ilmiy-tadqiqot institutlarining doktorantlari o‘zlari olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarda olinayotgan natijalar xususida ma’lumot beradi. Ilmiy munozarada doktorantlarning tadqiqot jarayonidagi yutuq va kamchiliklari Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining yetuk olimlaridan tashkil topgan ekspertlari tomonidan tahlil qilinib, yosh olimlarga zarur tavsiya va takliflar berib boriladi. An’anaga ko‘ra, bugun Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutlarining doktorantlari o‘zlarining ilmiy izlanishlari xususida ma’lumot berishdi. Ekspertlar tomonidan taqdiqiqotlarni maromiga yetkazish, muvaffaqiyatli himoya qilingan ilmiy ishlarni tijoratlashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.