Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy-tajriba ishlari ko‘zdan kechirildi

Ilmiy-tajriba ishlari ko‘zdan kechirildi
Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy- tadqiqot institutining Qarshi tumanida joylashgan 8 gektar tajriba maydonida qishloq xo‘jalik ekinlarining turli yangi nav va namunalari ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. So‘nggi yillarda ushbu maydonda o‘tkazilayotgan tajriba sinov ishlari o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Masalan, suvni tejovchi texnologiyalarning tejamkorligi hududdagi fermerlarga ilmiy natija sifatida namoyish qilinyapti. Ushbu ekin maydonlari lazerli yer tekislovchi texnikalarda tekislanayotgani sug‘orishda nafaqat suvni tejash, balki sug‘orish ishlarida qulaylik ham keltirmoqda. Sug‘orish esa, bugungi kunda diskret usulida amalga oshirilyapti. Shu kunlarda Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, ilmiy muassasaning mazkur ilmiy tajriba maydonida ekinlarning yangi nav va namunalari ustida o‘tkazilayotgan tadqiqot ishlarini ham ko‘zdan kechirdi. Tajriba maydonimizda 8000 ga yaqin nav va namunalar ustida tadqiqotlar o‘tkazyapmiz. Yumshoq bug‘doyning ilmiy muassasada yaratilgan "Hisorak" navi ananaviy va yarovizatsiya usullari asosida parvarish qilinmoqda. An’anaviy usulda ekilganidan ko‘ra yarovizatsiya usulida ekilgan dalalarda maysalar yaxshi rivojlanyapti. Bu kelgusida ushbu navdan yuqori avlodli va sifatli urug‘lik bug‘doy yetishtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, 500 ga yaqin uzum ko‘chatlari ekildi va 450 metr dala atrofidagi ariqlar betonlashtirishga tayyorlandi, – ma’lumot berdi ilmiy muassasa rahbari Oybek Amanov. Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov ushbu ilmiy muassasada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishar ekan, bu ilmiy muassasada olib borilayotgan tadqiqotlarning natijadorligi mamlakatimizning janubiy mintaqasida dehqonchilik madaniyatini izchil yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Olimlarimiz mintaqadagi har bir hududning tuproq-iqlim sharoitini ilmiy asosda o‘rgangan holda dehqon, fermer xo‘jaliklari va tomorqachilar uchun serhosil ekin navlarini yaratish hamda yangi innovasion agrotexnikalarni ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etishni o‘z zimmasidagi mas’uliyat ekanligini his qilib ishlashlari zarur. Ana shunda biz davlatimiz rahbariyati oldimizga qo'ygan vazifalarni bajara olamiz, – dedi Shuhrat Otajonov tajriba maydonidagi o‘rganishlar yakunida o‘z mulohazalarini bayon qilib. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.