Ilmiy tajribalar davom etmoqda

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti “Dukkakli-don ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnikasi” laboratoriyasi dala tajriba maydonlarida xo‘raki no‘xotning "Zumrad, Polvon, Marjon hamda Oq-don" navlari kuzgi muddatda ilmiy asoslangan agrotexnik talablar asosida ekib chiqilgan edi. 2026-yil 20-fevral holatiga ko‘ra o‘tkazilgan fenologik kuzatuvlar natijasida urug'larning bir tekis unib chiqqanligi kuzatildi. Nihollar fiziologik jihatdan barqaror rivojlanganligi, o‘simliklar holati qoniqarli ekanligi hamda ko‘chatlar zichligi belgilangan agrotexnik me’yorlarga to‘liq mos kelishi aniqlandi.
Tajriba natijalari kuzgi ekish sharoitida ushbu navlarning dala muhitiga yuqori darajada moslashuvchanligi, yaxshi unuvchanlik qobiliyati va agrobiologik barqarorligini namoyon etishini tasdiqladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube