Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, davlat ilmiy dasturlari doirasida e’lon qilinishi rejalashtirilgan ilmiy mavzularni muhokama qilish hamda bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda avvalo dissertatsiya ishlari natijalarining amaliyotga joriy etilganligini tasdiqlash bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur masala yuzasidan Markazga jami 31 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlar tegishli bo‘limlar mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. Tahlillar natijasida dissertatsiya ishlari bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar to‘liq rasmiylashtirilgani hamda tadqiqot natijalari amaliyotda qo‘llanilgani ilmiy asoslar bilan tasdiqlangani qayd etildi. Shu bois mazkur ishlar bo‘yicha amaliyotga joriy etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar berish masalasi Ilmiy-texnik kengash tomonidan tasdiqlandi. Yig‘ilish davomida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e’lon qilinishi rejalashtirilgan ilmiy mavzular muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan taklif etilgan mavzularning dolzarbligi va sohani rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Kun tartibidagi yana bir masala sifatida Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti Ilmiy kengashining 2026-yil uchun yangi tarkibini tasdiqlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yig‘ilishda suv tanqisligi sharoitida sholi yetishtirishda yer usti tomchilatib sug‘orish texnologiyasining samaradorligini o‘rganish hamda paxta yetishtiriladigan hududlar tuproqlarini mikroelementlar bilan ta’minlanganlik kartogrammalarini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy loyihalar muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarish amaliyotiga keng joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.