Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Yig‘ilish kun tartibida ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda tizim faoliyatini takomillashtirishga oid bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Xususan, dissertatsiya ishlari natijalarining ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etilganligini tasdiqlash bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar, Ilmiy kengashining 2026-yildagi yangi tarkibini tasdiqlash muhokamasi va bir qator dolzarb ilmiy-amaliy loyihalar kun tartibidan o'rin oldi.
Yig'ilish davomida “Introgressiv g‘o‘za ashyolarini fiziologo-biokimyoviy va molekulyar genetik uslublar yordamida baholash orqali tola chiqimi 40–42% va sifati IV-tip hamda suv tanqisligi, issiqlik, sho‘rlanish va kasalliklarga bardoshli g‘o‘za navlarini tanlash va joriy etish” mavzusidagi akademik-amaliy loyihaning yakuniy hisoboti tinglanib, loyiha natijalari ijobiy baholandi. Kengash a'zolari tomonidan loyiha natijalari paxta seleksiyasi va urug‘chiligida muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shuningdek, tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan qishloq xo‘jaligi soha va tarmoqlaridagi muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan tashabbuskor loyihalar muhokama qilinib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ekspertlarga taqdim etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube