Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

ILMIY TEXNIK KENGASHNING NAVBATDAGI YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

ILMIY TEXNIK KENGASHNING NAVBATDAGI YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning sakkizinchi yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Bugungi yig'ilishda dissertasiya natijalari amaliyotga tatbiq etilganligi, dastlabki talablar va texnik topshiriqlarni tasdiqlash bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar, davlat buyurtmasi sifatida e’lon qilish uchun taqdim etilgan tematik mavzular va noyob ilmiy obyektlar ro‘yxatiga kiritish uchun taklif etilgan tadqiqot obyektlarini ko‘rib chiqish kabi masalalar ko'rib chiqildi. Kengash a'zolari dastlab, Milliy markaz bo'limlaridan dissertasiya natijalari amaliyotga tatbiq etilganligi, dastlabki talablar va texnik topshiriqlarni tasdiqlash bo‘yicha kiritilgan murojaatlari ko'rib chiqildi va tasdiqlandi. Shuningdek, Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan kengash muhokamasiga kiritilgan "Muttasil bug'doy etishtirish bo'yicha ilmiy-eksperemental tadqiqotlar o'tkazish uchun tipik bo'z tuproqli lalmikor tajribayer maydoni"ni noyob ilmiy obyekt sifatida tasdiqlash haqidagi murojaati a'zolar tomonidan ma'qullandi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.