Ilmiy yondashuv - moʻl hosil omili

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasida dala seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Xorazm viloyati agroxizmatlar markazi mutaxassislari, fermerlar va stansiya hodimlari ishtirok etdi.
Seminarda agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan;
Jivamrid va Bokashi organik o‘g‘itlarini tayyorlash
Biochar ishlab chiqarish va undan samarali foydalanish
G‘alla ekinlarini barg orqali oziqlantirish usullari
Kasalliklar, zararkunandalar hamda begona o‘tlarga qarshi kurashish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube