Ilmiy yondashuv va innovatsiyalar — agrar rivojlanish omili

Forumning bugungi ish kunida panel sessiyalar bo‘lib o‘tyapti.
Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari, professor Oybek Omonov agrar soha ilmida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va natijalar yuzasidan taqdimot qilmoqda.
Taqdimotchi ishtirokchilarga Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tarkibidagi 16 ta muassasa, jumladan 13 ta ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati hamda ularda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, paxtachilik va g‘allachilikda yangi agrotexnologiyalar joriy etilayotgani, yuqori hosildor navlar yaratilayotgani ta’kidlandi.
— Ilm va innovatsiyalar qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi, — dedi Oybek Omonov.
Taqdimot davomida agroservis markazlari orqali fermer va tomorqachilarga ko‘rsatilayotgan amaliy xizmatlar haqida ham ma’lumot berildi.
Mutaxassislar fikricha, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube