Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy_anjuman

Ilmiy_anjuman
#Andijon #DDEITI Andijon Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida 13-14 may kunlari “Global iqlim sharoitiga chidamli, yuqori hosil beradigan yangi boshoqli, dukkakli don, moyli va yem-xashak ekinlarni parvarishlashda yangi texnologiyalarni qo'llash istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. Ikki kun davom etgan konferensiya doirasida qatnashchilar institutning urug‘ saralash markazi va “Markaziy dala tajriba maydoni”da ham bo‘lib, institutda yaratilgan ekin turlarining nav namunalari parvarishlanayotgan ko‘chatzor bilan yaqindan tanishdilar. Bu yerda 2500 dan ortiq, kuzgi qattiq bugʻdoyning 1500 dan ortiq, arpaning 700 dan ortiq, tretikalening 200 dan ortiq, bahorgi bugʻdoyning 100 dan ortiq, soyaning 300 dan ortiq, xoʻraki noʻxatning 350 dan ortiq, koʻk noʻxatning 15 dan ortiq, yasmiqning 100 dan ortiq, burchoqning 12 dan ortiq, kungaboqarning 20 dan ortiq, makkajoʻxorining – 350 dan ortiq, oq joʻxorining – 150 dan ortiq, afrika qoʻnogʻining – 30 dan ortiq, raps, fatseliyalarning – 5 dan ortiq namunalari ekilgan. Konferensiyaning ikkinchi kuni dastur bo‘yicha o‘z ishini sho‘balarda davom ettirdi. Anjuman soha mutaxassis va olimlari uchun haqiqiy ilm-fan va g'oyalarni birlashtirgan platformaga aylandi. Bu yerda turli ilmiy muhokama va takliflar ko'rib chiqilib, tajriba almashindi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov konferensiyada ta'kidlaganidek, kelgusida konferensiya qatnashchilari, olim va mutaxassislarining salohiyatidan unumli foydalanib, ularning ilmiy izlanishlari natijasini birgalikda amaliyotga joriy qilishga kelishilgan holda anjuman ishi yakunlandi. Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling: WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.