Ilmiy_jarayonlar

Sho‘rlanish sharoitida bio-dehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) guruh a'zolari Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida bo'ldi.
Unda O‘zbekistonda sho‘rlanishdan zarar ko‘rgan hududlarda tuproq va suvni boshqarish hamda sharoitga mos ekinlar ekish borasida fermerlar va soha mutaxassislari, ilmiy izlanuvchi tadqiqotchilarning kasbiy tajribasi hamda salohiyatini oshirish masalasi muhokama qilinib, tavsiyalar berildi.
O‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi yerlari sho‘rlanishini oldini olishga qaratilgan “O‘zbekistonda sho‘rlanishdan zarar ko‘rgan hududlarda tuproq va suvni boshqarish hamda tuzga chidamli ekinlar ekish” mavzusida o‘quv-seminari ham bo'lib o'tdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube