Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy_loyiha

Ilmiy_loyiha
“XONADONBAY” ILMIY LOYIHALAR AGRAR SOHA ILM-FANI YUTUQLARINI NAMOYISH QILMOQDA ⏩Xabringiz bor, joriy yil Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan aholi xonadonlarida “Xonadonbay” ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Maqsad, ilm-fan yutuqlarini bevosita aholi xonadonlarida, shaxsiy tomorqalarga tatbiq qilishdir. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Buloqboshi” mahallasida 20 ta xonadonda o‘tkazilayotgan loyiha ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Erta bahorda loyiha ishtirokchisiga aylangan xonadonlarda 3 sotixdan 6 sotixgacha bo‘lgan maydonlarda ilmiy muassasada yaratilgan kartoshkaning ertapishar “O‘zbekiston qizili” va “Toshkent ertagisi” navlari ekildi. Kartoshka unib chiqqandan so‘ng xonadon egalari bilan birgalikda ushbu navlarga xos bo‘lgan agrotexnik tadbirlar hamda biometrik va fenologik kuzatuvlar olib borildi. Zararli organizmlarga qarshi profilaktik ishlar o‘tkazildi. Natija kutilganidan ham a’lo bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Loyiha rahbari, taniqli olim Kamol Mamatovning ma’lum qilishicha, hosil yig‘ib olingandan so‘ng natija tahlil qilinganda “O‘zbekiston qizili” navidan bir tup o‘simlikdan o‘rtacha 1 kilogramm 950gr hosil olindi. Olingan tuganaklar fraksiyalarga ajratilganda iste’mol uchun 1 kilogramm 645 gramm urug‘lik uchun esa 310 gramm ajratilgan. Bitta xonadondan o‘rtacha ist’emol uchun 2 tonna 200 kilogramm urug‘lik uchun esa, 180 kilogramm kartoshka olindi. Loyiha doirasida olingan jami hosil yaxlitlab 1 gektarga hisoblanganda o‘rtacha 75-80 tonnani tashkil qilgan. “Toshkent ertagisi” navining hosildorligi ham juda yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Bir tup o‘simlikdan o‘rtacha 2 kg hosil olindi. Olingan tuganaklar fraksiyalarga ajratilganda iste’mol uchun 1kilogramm 750 gramm, urug‘lik uchun esa, 300 gramm ajratildi. Bitta xonadonda iste’mol uchun o‘rtacha 2 tonna 400 kilogramm, urug‘lik uchun esa, 175 kilogramm kartoshka olindi. Ushbu navning hosilini ham 1 gektarga yaxlitlab hisoblaganda natija o‘rtacha 80 tonnani tashkil qilgan. Ushbu natija loyiha ishtirokchilarini mamnun qildi. Endi yangiqo‘rg‘onliklar kartoshkaning o‘zlari ekib, natijasini ko‘rgan mahalliy navini ko‘paytirishni reja qildilar. Loyiha doirasidagi ishlar qizg‘in davom etmoqda. Kartoshka hosili yig‘ib olingan tomorqalarda institutda yaratilgan bodring navlari parvarish qilinib, yetilgan sifatli hosil iste’molchilarga peshma-pesh yetkazib berildi. Shu kunlarda esa bodringning o‘rnida uchinchi ekin sifatida turp va sholg‘om yetishtirilmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.