Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmiy_natija

Ilmiy_natija
O‘simliklar genetik resurslari bo‘yicha xalqaro hamkorlik natijalari Nature nashriyoti tomonidan chop etildi Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti (O‘GRITI) Janubiy Koreyaning Bog'dorchilik va dorivor o'simliklar Milliy instituti bilan 2018 yildan buyon olib borilgan hamkorlik tadqiqotlari natijasida muhim ilmiy natijalarga erishildi. Ushbu hamkorlik natijasida tayyorlangan “Contributions of interspecific hybrids to genetic variability in Glycyrrhiza uralensis and G. glabra” mavzusidagi maqola “Scientific Reports” (Q1) jurnalida chop etildi. Bu jurnal jahondagi eng ko'p iqtibos keltiriladigan 5 likka kirib Web of Science va Scopus bazalarida indeksatsiyalanadi hamda 5 yillik impakt-faktori o'rtacha 4.3 ni tashkil etadi. Maqolada O‘zbekiston, Xitoy, Koreya, Mo‘g‘iliston, Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘izistondan yig‘ilgan dorivor shirinmiya (Glycyrrhiza) o‘simligining genetik xilma-xilligi, G. uralensis va G. glabra asosida olingan duragaylarning genetik tuzilishi va irsiy xususiyatlari yoritilgan. Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning genetik resurslarini saqlash, o‘rganish va molekulyar tadqiqotlar o'tkazish sohasidagi ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolani to‘liq o‘qish uchun havola: https://www.nature.com/articles/s41598-025-92115-4 Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.