ilmiy_seminar

URUG'CHILIKDA NAVDORLIK BOSH MEZON!
O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida "Bug‘doy urug‘chilik maydonlarini aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazish hamda zang kasalliklarining bug‘doy hosildorligiga ta’siri" mavzusida ilmiy seminar bo'lib o'tdi.
⌛Seminarda urug'chilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklaridan vakillar ishtirok etdi. Urug'chilik yo'nalishida navdorlik bosh mezon ekanligi qayd etildi.
-"Shu bois aprobatsiya ko‘rigini sifatli va xolis o'tkazish lozim"- deya ta'kidladi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarjon Ziyayev.
Shuningdek bug‘doyda uchraydigan zang kasalliklari, ularning navdorligiga ta’siri, amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan seminar qatnashchilariga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar ishtirokchilari institutning “Dala ekinlari genetik resurslari” bo‘limida tashkil etilgan zang kasalligi bilan sun’iy kasallantirish maydonchasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar bilan ham yaqindan tanishdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube