Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

ILMIY_TADQIQOT

ILMIY_TADQIQOT
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti dala tajriba maydonida "O'zbekiston hududida g'alla va dukkakli ekinlarning seleksiyasi va agrotexnologiyasi va innovatsion urug'chiligini tashkil etish" mavzusiga bag'ishlangan dala seminari tashkil etildi. Unda xalqaro CAC ICARDA tashkiloti xodimlari, agrar soha vakillari, Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari, g'allachilikka ixtisoslashgan klaster va fermer xo'jaligi vakillari ishtirok etishdi. Boshoqli don ekinlar genetikasi va seleksiyasi laboratoriyasi seleksioner olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tajribalar va loyihalar bo'yicha batafsil ma'lumotlar berildi, shuningdek, tajriba maydonida yetishtirib kelinayotgan mahalliy va xorijdan keltirilgan (bug'doy, arpa, tritikalening turli xil nav va tizmalari) tajriba ko'chatzorlarini ko'zdan kechirishdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.