Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ilmni amaliyotga olib chiqadigan yangi o‘quv dasturi start oldi

Ilmni amaliyotga olib chiqadigan yangi o‘quv dasturi start oldi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida yana bir muhim tashabbusga start berildi. Ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun mo‘ljallangan “Xalqaro ilmiy loyihalarni shakllantirish va ishlab chiqarishga tatbiq qilish” o‘quv dasturi boshlandi. Dastur Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Qishloq xo’jaligi sohasi kadrlarlining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamkorligida tashkil etildi. O‘quv dasturining ochilish qismida vazirlik boshqarma boshlig‘i To‘xtamurod Otaqulov ishtirok etib, kirish so‘zi bilan chiqish qildi. U o‘z nutqida ilmiy ishlanmalarni xalqaro grantlar orqali moliyalashtirish, innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish va olimlarning global maydonda raqobatbardoshligini oshirish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi. 36 soatlik kurs davomida Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalardan taklif qilingan tinglovchilar xalqaro grantlar uchun loyiha yozish, loyiha rejasini aniq va tartibli tuzish, o‘z loyihasini ekspertlar oldida ishonch bilan himoya qilish hamda ilmiy g‘oyani startap yoki kichik biznesga aylantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Mazkur dastur ilmni investitsiya va amaliyot bilan bog‘laydigan muhim qadamdir. Endi olim nafaqat tadqiqot olib boruvchi mutaxassis, balki grant yuta oladigan va o‘z ishlanmasini bozorga olib chiqa oladigan raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanadi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.