Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Imkoniyat izlash va natijaga erishish o‘z qo‘limizda

Imkoniyat izlash va natijaga erishish o‘z qo‘limizda
Avval xabar berganimizdek,Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishchi tashrif bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida viloyatning klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan sayyoruchrashuv o‘tkazildi. Unda ayni paytda dunyodagi o‘zgarishlar fonida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bois, kechagi tajriba bugunga mos kelmayotgani, texnika va texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir paytda qishloq xo‘jaligi ekinlarini, xususan, paxtani tomchilatib sug‘orishga to‘liq o‘tkazish, kanal va ariqlarni betonlash orqali mavjud suv zaxirasidan unumli foydalanish, shuningdek yetishtirilayotgan mahsulotlarning qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish bugungi davr talabi ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Vazir o‘z navbatida, bugun dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlar, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda mahsulot yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘zaro munosabatlarda har tomonlama maqbullik nuqtai nazaridan yondashish lozimligini qayd etdi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.