"In-vitro" usulda ko'chat yetishtirish bo'yicha mutaxassislar malakasi oshirilmoqda

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Koreya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi va Koreya oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilikda ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS) tomonidan uzoq muddatli o'quv seminarlari boshlandi.
Trening mavzusi: "Meva va sabzavot mahsulotlari sifatini oshirish uchun "Aqlli ferma" loyihasi doirasida malaka oshirish ta'lim dasturi" bo'lib, uni Janubiy Koreyaning Seul unversiteti professori Kim Sun Hyung olib bormoqda.
Mashg'ulotlarga Milliy markaz va uning tizimidagi meva sabzavotchilikka ixtisoslashgan ilmiy muassasalar mutaxassislari jalb etilgan.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube