Loyiha nomi:
“Ingichka tolali g‘о‘zani qator orasini 76 sm kenglikda tig‘is tup son qoldirib parvarishlash texnologiyasini ishlab chiqish”
Kutilayotgan natijalar:
1. Optimal tup qalinligi aniqlanadi, qator orasi 76 sm bо‘lgan sharoitda ingichka tolali g‘о‘za uchun eng maqbul tup soni va joylashuv zichligi ilmiy asosda belgilanadi.
2. Samarali parvarishlash texnologiyasi ishlab chiqiladi, ekish, nihol qalinligini shakllantirish, sug‘orish, о‘g‘itlash va agrotexnik tadbirlarning kompleks tizimi takomillashtiriladi.
3. Hosildorlik va uning tarkibiy qismlari oshiriladi tig‘iz tup qoldirish hisobiga har gektardan olinadigan hosil miqdori va uning barqarorligi oshishi ta’minlanadi.
4. Tolaning sifat kо‘rsatkichlari yaxshilanadi tolaning uzunligi, mustahkamligi, chiqimi kabi asosiy texnologik kо‘rsatkichlarga zich ekishning ta’siri baholanadi va optimal variant tavsiya etiladi.
5. Resurslardan samarali foydalanish ta’minlanadi yer maydoni, suv va о‘g‘it resurslaridan oqilona foydalanish orqali ishlab chiqarish samaradorligi oshiriladi.
6. Agrotexnik tadbirlarni mexanizatsiyalash imkoniyati kengayadi 76 sm qator orasida zamonaviy qishloq xо‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari takomillashtiriladi.
7. Iqtisodiy samaradorlik oshadi hosildorlikning ortishi va resurs tejamkor texnologiya hisobiga fermer xо‘jaliklari daromaddorligi yuqorilaydi.
8. Ishlab chiqarishga joriy etish uchun tavsiyalar tayyorlanadi tadqiqot natijalari asosida amaliy qо‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqilib, fermer xо‘jaliklariga joriy etiladi.
Bajarish muddati:
2024-2028 yillar
