Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ingichka tolali paxtachilik instituti faoliyati o‘rganildi

Ingichka tolali paxtachilik instituti faoliyati o‘rganildi
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jarayon davomida institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, yaratilayotgan ingichka tolali g‘o‘za navlari hamda ularning amaliyotga joriy etilish holati ko‘zdan kechirildi. Vazir o‘rinbosari ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, genomika va molekulyar markerlar asosida seleksiya ishlarini jadallashtirish zarurligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni keng qo‘llash va raqamli agrotexnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Sohadagi mavjud muammolar yuzasidan takliflar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Yakunda ilmiy salohiyatni mustahkamlash, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ingichka tolali paxtachilikni izchil rivojlantirish yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilab olindi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.