Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Innovatsion agrar boshqaruv bo‘yicha o‘quvlar davom etmoqda: 4-bosqich boshlandi

Innovatsion agrar boshqaruv bo‘yicha o‘quvlar davom etmoqda: 4-bosqich boshlandi
Tuman va shahar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan “Agrar sohada ilg‘or tajribalar va innovatsiyalar” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarning 4-bosqichi boshlandi. Dastlabki uch bosqich muvaffaqiyatli o‘tkazilib, ishtirokchilar zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, innovatsion agrotexnologiyalar va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha muhim bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, seminarlar doirasida mutaxassislar va amaliyotchilar ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etilib, agrar sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan aniq va amaliy takliflar ishlab chiqildi. Navbatdagi bosqichda ham ishtirokchilar yer va suv resurslarini samarali boshqarish, raqamli texnologiyalarni qo‘llash hamda innovatsion yechimlarni hududlarda joriy etish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlaydilar. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.