Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Innovatsion agrar boshqaruv: yakuniy — beshinchi bosqich boshlandi

Innovatsion agrar boshqaruv: yakuniy — beshinchi bosqich boshlandi
Tuman va shahar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan “Agrar sohada ilg‘or tajribalar va innovatsiyalar” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarning yakuniy — beshinchi bosqichi boshlandi. Dastlabki to‘rt bosqich davomida ishtirokchilar zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, innovatsion agrotexnologiyalar hamda resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ochiq muloqotlar tashkil etilib, sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi. Bugun boshlangan beshinchi bosqich doirasida seminarning rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi. Tashkilotchilar va soha mas’ullari mazkur o‘quv jarayonining ahamiyati, uning hududlarda agrar sohani samarali boshqarishdagi o‘rni haqida to‘xtaldilar. Shundan so‘ng hokim o‘rinbosarlari Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishdilar. Unda olimlar tomonidan yaratilgan yangi ilmiy-innovatsion ishlanmalar namoyish etildi. Ishtirokchilar mutaxassislar bilan muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ko‘rgazmadan so‘ng o‘quv-amaliy seminar dasturi doirasida nazariy mashg‘ulotlar boshlandi. Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘quv-amaliy seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.