Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Innovatsion texnologiyalar asosida mevali payvantaglar yetishtirish va payvandlash bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar

Innovatsion texnologiyalar asosida mevali payvantaglar yetishtirish va payvandlash bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar
Milliy markaz tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasining "Hosildor Zamin" zamonaviy bog‘dorchilik majmuasida "Innovatsion texnologiyalarda mevali payvantaglar yetishtirish va payvand qilish texnalogiyasi" mavzusida ilmiy-amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Seminar davomida mevali payvandtaglarning intensiv bog‘dorchilikdagi ahamiyati, ularni yetishtirishning zamonaviy usullari hamda payvandlash texnologiyalari bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi. Mikroklonal ko‘paytirish texnologiyasining imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilib, o‘simlikning kurtak va to‘qima qismlarini maxsus steril oziqa muhitida ko‘paytirish, hosil bo‘lgan nihollarni issiqxona sharoitiga moslashtirish jarayonlari haqida tushuntirishlar berildi. Mazkur yondashuv qisqa muddatda sog‘lom va sifatli ko‘chat materiallari yetishtirish imkonini berishi alohida ta'kidlandi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.