Innovatsiya

“Aqlli” sug‘orish texnoligiyasi
Xalqaro miqyosda agrar sohadagi eng yangi texnologiyalar bilan tanishtirib boruvchi Bangladeshning https://en.agrogoln.com/10-emerging-technology-trends-in-agriculture/onlayn nashri 10 ta eng yangi texnologiya haqida maqola e’lon qilgan. Maqolada keltirilishicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida suvga bo‘lgan talabning ortishi va suv resurslarining cheklanganligi sababli fermerlar va tadqiqotchilar qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishni boshqarish va optimallashtirishning innovatsion usullarini izlamoqda.
Sohadagi eng istiqbolli texnologiyalardan biri bu aniq sug‘orish bo‘lib, u datchiklar, ob-havo ma’lumotlari va kompyuter algoritmlaridan suvni ekinlarga faqat qachon va qaerda kerak bo‘lganda aniq qo‘llash uchun foydalanishni o‘z ichiga oladi. Ushbu texnologiya fermerlarga suvdan foydalanishni maqbullashtirish va isrofgarchilikni kamaytirish imkonini beradi. Natijada ekinlar hosildorligi va samaradorlik ortadi.