Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Inson qadri yuksak davlatda hech kim e’tibordan chetda qolmasligi lozim

Inson qadri yuksak davlatda hech kim e’tibordan chetda qolmasligi lozim
2023 yilni sarhisob qilish, o‘tayotgan yilimizda amalga oshirishga ulgurgan va yoki rejada bor, amalda uddalay olmagan yumushlarimizni doim tahlil qilamiz. Oppoq niyatlar va cheksiz orzular ummoniga yetaklovchi yangi yil kirib ketishiga ham oz qoldi. Hamma uni o‘zicha tasavvur va bir olam quvonch bilan qarshilashga taraddud qiladi. Bu bayram yana shunisi bilan ahamiyatli-ki, unda barcha e’tibor va g‘amxo‘rlikdan chetda qolmasligi lozim. Bugun ham shunday xayrli tashabbuslardan biri amalga oshdi. Respublika Karlar jamiyatiga tegishli Oʻzbekiston imo va ishoralar teatri saroyi bolajonlar bilan, yig‘inlar xonasi a’zolari bilan to‘lgan. Ushbu jamiyatni otaliqqa olgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov yangi orzular ilinjida yurganlarning qalb izhorlari va niyatlarini shaxsan eshitish uchun tashrif buyurdi bu yerga. Aslida Ibrohim Abdurahmonov bu yerga birinchi marotaba kelayotgani yo‘q. Bir necha marotaba qilingan tashriflar va uchrashuvlar asta o‘zining samarasini berayotgani rost. Mana shu masalalarning ijobiy yechimini ko‘rgani kelgan vazir bayram ishtirokchisiga aylandi. Kuy va qo‘shiqlar surda yordamida tarjima qilinishiga ham hojat qolmadi. Vazir o‘z navbatida bu yerdagi sharoitlar va qilinishi lozim ishlar ko‘lami belgilanganligi, bundan buyon ham jamiyat va uning a’zolari davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘lishliklari, otaliq tashkilot - vazirlik buning uchun barcha amaliy ishlarni bajarishga kamarbasta ekanini ta’kidlab o‘tdi. Shu yerning o‘zida jamiyat a’zolari bilan muloqot tashkil qilindi. Yangi yil tabriklari almashinildi va belgilandi-ki, inson qadri yuksak davlatda hech qachon umidsizlik va ishonchsizlik bo‘lmaydi. Barcha uchun mehnat va o‘z salohiyatini namoyon qilish uchun imkon yaratiladi hamda qo‘llab-quvvatlaniladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.