Institut faoliyati bilan tanishuv

Xabaringiz bor, ayni kunlarda qishloq xo'jaligi soha vakillaridan iborat Niderlandiya delegatsiyasi yurtimizda bo'lib turibdi.
Ushbu tashrif doirasida Niderlandiya Qirolligining qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Marien Valstar hamda Naktuinbouw tashkiloti vakili Marco Hoffman boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlar institutning Milliy genbanki faoliyati bilan yaqindan tanishish bilan birga, uzum kolleksiya bog‘larida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlarni ko‘zdan kechirdilar.
Uchrashuv jarayonida uzum genetik resurslarini saqlash, baholash va ulardan samarali foydalanish, bog‘dorchilik va uzumchilikda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, ilmiy tajriba almashinuvi va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashrif xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash, genetik resurslarni boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda uzumchilik sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube