Institut olimasi ishtirokidagi ilmiy maqola nufuzli Q1 jurnalida chop etildi

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti vakilasi Mavluda Abdullayeva nufuzli xalqaro ilmiy jurnal — Advances in Biology & Earth Sciencesda chop etilgan maqolada hammuallif sifatida ishtirok etdi.
“Investigation of the Anticancer and Antimicrobial Effects of Plant-Derived Synthesized Selenium Nanoparticles” mavzusidagi maqolada o‘simliklardan sintez qilingan selen nanopartikullarining saraton va mikroblarga qarshi xususiyatlari o‘rganilgan.
E’tiborlisi, ushbu jurnal Scopus/SCImago bazasida Q1 (eng yuqori kvartil) darajadagi nashr hisoblanadi.
Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube