Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Institut professori “EL-YURT FAXRI” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Institut professori “EL-YURT FAXRI” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
Ilm-fan va ta’lim sohasida uzoq yillar davomida olib borilgan samarali ilmiy faoliyati, jamiyat taraqqiyoti yo‘lida qo‘shgan salmoqli hissasi hamda sharafli kasbiga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan fidoyi mehnati e’tirof etilib, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti professori Masʼudjon Sattarov yuksak mukofot bilan taqdirlandi. Xususan, “Scientific Academy” ilm-ma’rifat markazi tomonidan “Ilm-fanni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va xalqaro ilg‘or tajribalar” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra, olimning ilm-fan va ta’lim sohasiga qo‘shgan munosib hissasi yuksak baholandi. Tanlov komissiyasi qaroriga muvofiq, professor Masʼudjon Sattarov ilmiy izlanishlari, innovatsion g‘oyalari hamda yosh kadrlar tayyorlashdagi samarali faoliyati uchun “EL-YURT FAXRI” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur e’tirof nafaqat olimning shaxsiy yutug‘i, balki Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasining ilmiy salohiyati va ilm-fanni rivojlantirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarining amaliy natijasidir. Ushbu yuksak mukofot ilm-fan taraqqiyoti, innovatsion rivojlanish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning munosib e’tirofi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Web | Telegram | Facebook | Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.