Integratsiya sari navbatdagi qadam

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi deputatlari hamkorlik rejasiga muvofiq Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi akademik
M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurib, muassasaning ilmiy salohiyati, unda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Deputatlarga institutning moddiy-texnik bazasi, zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘simliklarni "in-vitro" usulida ko‘paytirish, sog‘lom va yuqori sifatli ko‘chat yetishtirish jarayonlari amaliy ko‘rinishda namoyish etildi. Shuningdek, meva va uzum navlarining ko‘rgazmasi taqdim etildi. Yaratilgan yangi navlar, istiqbolli duragay shakllar hamda innovatsion ishlanmalar namoyish qilinib, mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari, ta’m xususiyatlari va bozor talabiga mosligi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tashrif davomida sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish, ilmiy natijalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish hamda dolzarb muammolarni tizimli hal etish masalalari muhokama qilindi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube